«oliy majlis» tegli maqolalar


Prezident parlament vakolatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarni tasdiqladi
22 fevral 2024, 18:23

Prezident parlament vakolatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarni tasdiqladi

Prezident parlament palatalari vakolatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtiruvchi o‘zgartishlarni tasdiqladi. O‘zgarishlar orasida har ikki palataning o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolati, bosh vazirni tayinlashning yangi tartibi, qonunlarni tasdiqlash muddatini o‘zgartirish va boshqalar bor.

Markaziy saylov komissiyasi tarkibi o‘zgartirilmoqda
9 fevral 2024, 15:35

Markaziy saylov komissiyasi tarkibi o‘zgartirilmoqda

Qonunchilik palatasi deputatlari Markaziy saylov komissiyasining 14 nafar a’zosi vakolatlarini tugatish va 2 nafar yangi a’zoni saylash bo‘yicha qarorlar qabul qilib, Senatga yubordi. Amaldagi qonunchilikda MSK parlament palatalari tomonidan 9 nafar a’zodan iborat tarkibda tuzilishi belgilangan.

Vazirliklarning ochiqlik reytingi e’lon qilindi
29 dekabr 2023, 09:15

Vazirliklarning ochiqlik reytingi e’lon qilindi

Oliy Majlis huzuridagi jamoatchilik kengashi vazirliklarning ochiqlik reytingini tuzdi. Raqamli texnologiyalar vazirligi eng yuqori, Madaniyat vazirligi esa eng quyi o‘rinda qayd etildi. Bunda vazirliklarning yil boshidan beri 50 ta eng ko‘p o‘qiladigan elektron milliy OAVdagi chiqishlari monitoring qilingan.

«Soyuz»mi yo mustaqillik, trend doirasida, parlament islohoti. O‘zbekistonda referendumlar necha marta va nega o‘tkazilgan?
10 mart 2023, 18:32

«Soyuz»mi yo mustaqillik, trend doirasida, parlament islohoti. O‘zbekistonda referendumlar necha marta va nega o‘tkazilgan?

O‘zbekistonda 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilishi kutilayotgan referendum mamlakat tarixida shu tartibdagi beshinchi umumxalq ovoz berish jarayoni bo‘ladi. «Gazeta.uz» bungacha 1991 (2 marta), 1995 va 2002 yillarda o‘tkazilgan referendumlar haqida ma’lumot beradi.

O‘zbekistonda Senat a’zolari soni 65 tagacha qisqartiriladi
9 mart 2023, 16:40

O‘zbekistonda Senat a’zolari soni 65 tagacha qisqartiriladi

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasida parlamentdagi senatorlar soni 100 tadan 65 taga qisqartirilishi ma’lum qilindi. Bunda har bir hududdan 4 tadan senator saylanadi. Prezident tomonidan tayinlanadigan senatorlar soni esa 16 tadan 9 taga kamaytiriladi.

Samarqandda MDH Parlamentlararo assambleyasining yalpi majlisi o‘tkazildi
28 oktabr 2022, 09:56

Samarqandda MDH Parlamentlararo assambleyasining yalpi majlisi o‘tkazildi

Samarqandda MDH Parlamentlararo assambleyasi Kengashining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. U birinchi marta Rossiyadan tashqarida o‘tkazilmoqda. Majlisda parlament a’zolari saylov, referendum va ularni kuzatish to‘g‘risidagi namunaviy qonunlarni ko‘rib chiqdi.

Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat muddatidan oldin bekor qilindi
21 iyul 2022, 09:29

Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat muddatidan oldin bekor qilindi

Chorshanba kuni kechqurun parlament prezidentning Qoraqalpog‘iston hududida favqulodda holat tartibini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi farmonini ma’qulladi.

Oliy sudga uch nafar sudya saylandi
16 dekabr 2021, 17:44

Oliy sudga uch nafar sudya saylandi

Senatorlar navbatdagi yalpi majlisda Shuhrat Mahmudov, Rustam Haydarov va Djamol Choriyevni 10 yillik muddatga Oliy sud sudyasi etib saylash to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.

Zuhra Ibragimova Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari etib saylandi
4 may 2021, 11:45

Zuhra Ibragimova Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari etib saylandi

Zuhra Ibragimova Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, «Adolat» SDP fraksiyasi rahbari etib saylandi.

Senat Konstitutsiya va boshqa qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish masalasini ko‘rib chiqadi
2 fevral 2021, 12:11

Senat Konstitutsiya va boshqa qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish masalasini ko‘rib chiqadi

Oliy Majlis Senati 5 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan 12-yalpi majlisda bir qator qonunlar, shuningdek, Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish masalasini ko‘rib chiqadi.

Feruza Eshmatova Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) etib saylandi
15 yanvar 2021, 12:10

Feruza Eshmatova Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) etib saylandi

O‘zbekiston yangi ombudsmani etib Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi vazifasida faoliyat yuritgan Feruza Eshmatova saylandi.

Ayrim vakolatlarni sudlardan profilaktika inspektorlariga o‘tkazish taklifi rad etildi
3 noyabr 2020, 18:13

Ayrim vakolatlarni sudlardan profilaktika inspektorlariga o‘tkazish taklifi rad etildi

Deputatlar bir qator ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini sudlardan profilaktika inspektorlariga o‘tkazish taklif qilingan qonun loyihasini rad etdi.

Yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishini ta’qiqlash taklif etildi
18 avgust 2020, 13:10

Yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishini ta’qiqlash taklif etildi

Yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishini ta’qiqlovchi qonun loyihasi taklif etilmoqda. Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan loyihaga ko‘ra, yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qo‘yish vakolatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga berish kutilmoqda.

Endilikda xo‘jalik boshqaruv organlari ustidan ham parlament nazorati o‘rnatiladi
11 avgust 2020, 18:27

Endilikda xo‘jalik boshqaruv organlari ustidan ham parlament nazorati o‘rnatiladi

Oliy Majlis palatalariga xo‘jalik boshqaruv organlari, jumladan, «O‘zbekneftgaz», Uzbekistan Airways, Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari va boshqalar rahbarlarining kompaniyalar faoliyatiga doir axborotlarini eshitish vakolati berildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting